O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 dekabrdagi № 837 «Nukus shahrining umumiy rejasini tasdiqlash to'g'risida» qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjatda shahar umumiy rejasining asosiy qarorlari va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari tasdiqlanadi.
2040 yilga kelib, Nukus shahri Nukus tumani tomonga 876 ga maydonga kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, ushbu muddatga kelib aholi soni 312,4 mingdan 400 ming kishigacha, shahar maydoni esa 13,4 ming ga gacha oshishi kutilmoqda.
Bolalar ta'lim muassasalari soni ikki baravar oshib, 20,8 ming muassasaga yetadi, shifoxonalardagi joylar esa 3,3 mingdan 9,9 ming joygacha ko'payadi.
Uy-ro'zg'or xizmatlari korxonalari soni 437 dan 2,8 ming ish o'rniga oshadi.
Asosiy ko'chalar uzunligi 278 km (hozirda – 90 km) bo'ladi.
Hujjat Milliy qonunchilik ma'lumotlar bazasida e'lon qilindi va 2024 yil 16 dekabrdan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiev.