zonauz.com
Какие бесплатные услуги предоставляются в области железнодорожного транспорта?

Temiryo'l transporti sohasida qanday xizmatlar bepul taqdim etiladi?

Ular orasida - nogironlar uchun aravachalar, kutish zalida Wi-Fi, tibbiy yordam punktlarida tibbiy xizmatlar va boshqalar taqdim etiladi.

2024 yil 18 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 851 «Davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko'rsatiladigan temir yo'l transporti sohasidagi xizmatlar ro'yxatini tasdiqlash haqida» qarori qabul qilindi.

 

Foydalanuvchilarga bepul quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:

  • aravachalar taqdim etish;
  • chipta olgan shaxslar uchun hojatxonadan foydalanish;
  • ona va bola xonasidan foydalanish;
  • kutish zidasida Wi-fi;
  • tibbiy yordam punktlari;
  • nogironlar uchun aravachalar;
  • yo'lda telefon va noutbukni zaryadlash;
  • kutubxona;
  • yo'lda choy, ichimlik suvi, shakar taqdim etish.

 

Shuningdek, hujjatda davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko'rsatiladigan temir yo'l transporti sohasidagi xizmatlar ro'yxatlari tasdiqlangan.

 

Hujjat Milliy qonunlar ma'lumotlar bazasida e'lon qilindi va 2024 yil 19 dekabrdan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiev.