2024 yil 13 dekabrda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi № 836 «Oliy va kasb-hunar ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari haqida».
2025 yil 1 yanvardan boshlab, oliy va kasb-hunar ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxonalar va tashkilotlarda o'tkazish mumkin bo'ladi.
Ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarning xususiyatlaridan kelib chiqib, bakalavriat va magistratura bitiruvchilarining attestatsiyasi oliy ta'lim muassasasida ham, korxonada (tashkilotda) ham o'tkazilishi mumkin.
Attestatsiya quyidagi shakllarda o'tkazilishi mumkin:
- xorijiy til bo'yicha imtihon (ta'lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan);
- maxsus fanlar bo'yicha imtihon;
- bitiruv malakaviy ishini himoya qilish;
- diplom loyihasini himoya qilish;
- magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish;
- ta'lim yo'nalishiga va mutaxassislikka mos keladigan startap loyihasini, shuningdek, ratsionalizator g'oyasini taqdim etish, bunda:
- startap loyihasining muallifi (hamkor muallifi) o'qish davrida (bakalavriat yoki magistratura) tegishli davlat organi tomonidan e'lon qilingan tanlov natijalariga ko'ra g'olib deb topilishi kerak;
- muallif (hamkor muallif) tomonidan taklif qilingan ratsionalizator g'oyasi o'qish davrida (bakalavriat yoki magistratura) kamida uchta korxona (tashkilot) tomonidan amaliyotga tatbiq etilishi lozim (g'oyaning iqtisodiy yoki ijtimoiy ta'siri bo'yicha korxona (tashkilot)dan akt talab etiladi).
Bitiruvchiga attestatsiyadan muvaffaqiyatli o'tganidan keyin bir oy ichida tegishli darajada oliy ta'lim diplom va ilovasi beriladi.
5 (a'lo) (90-100 ball) bahoni 3/4 ta ta'lim dasturi fanlaridan olgan va qolgan fanlardan 4 (yaxshi) (70-89,9 ball) bahoga ega bo'lgan, shuningdek, attestatsiya natijalariga ko'ra «a'lo» bahosini olgan bitiruvchiga a'lo diplom beriladi.
Hujjatda tasdiqlangan qoidalar:
- oliyn ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish tartibi;
- kasb-hunar ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish tartibi.
Hujjat Milliy qonunchilik ma'lumotlar bazasida e'lon qilingan va 2024 yil 18 dekabrdan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiev.