zonauz.com
Для внутренних аудитов госорганов установлен ключевой показатель эффективности (KPI).

Davlat organlarining ichki audit xizmati uchun KPI belgilangan.

Ularning samaradorligi har chorakda baholanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug'i bilan davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi (reg. № 3583 12.12.2024 y.).

 

Nizom ichki audit xizmatlarining (keyingi o'rinlarda – Xizmat) faoliyati samaradorligini baholash, rag'batlantirish va reytingini yuritish tartibini belgilaydi.

 

Xizmat xodimining samaradorligi bahosi rahbar tomonidan har chorakda amalga oshiriladi. Bu jarayonda Iqtisodiyot va moliya vazirligi doimiy ravishda o'tkazilgan baholashning ishonchliligini o'rganadi.

 

Xizmat xodimining faoliyat samaradorligining eng muhim ko'rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • byudjet qonunchiligini buzilishining oldini olish va masofaviy nazorat bo'yicha natijalar (axborot bazalaridan);
  • ichki audit rejalashtirilgan tadbirlarini o'tkazish;
  • ichki audit o'tkaziladigan obyektlar tomonidan Xizmat xodimining tavsiyalarini bajarish.

 

Samaradorlik ko'rsatkichlari hisoblash natijalaridan kelib chiqib, xodimning faoliyat samaradorligining umumiy ko'rsatkichi quyidagicha baholanadi:

  • 56 % gacha – qoniqarli emas;
  • 56 dan 71 % gacha – qoniqarli;
  • 71% dan 86% gacha – yaxshi;
  • 86 % dan yuqori – a'lo.

 

Baholash natijalari xodim reytingini yuritishda hisobga olinadi.

 

“Yaxshi” va “a'lo” baho olgan xodimlar rag'batlantirilishi mumkin.

 

Huquqiy hujjat Milliy qonunchilik ma'lumotlar bazasida e'lon qilingan va 01.01.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiev