2024 yil 3 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 809 qarori «Bolalarni sog'lig'iga zarar yetkazuvchi ma'lumotlardan himoya qilish sohasida ekspertlarni akkreditatsiya qilish va davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyalash bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida» 2022 yil 8 iyundagi № 317 qaroriga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida qabul qilindi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOMKA) davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari rahbarlarini har uch yilda bir marta attestatsiyadan o'tkazadi. Ushbu jarayonda ish beruvchilar tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalar o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Bu lavozimga birinchi marta tayinlangan shaxslar, tayinlangan kundan 3 oy o'tgach attestatsiyadan o'tadilar.
Attestatsiya muddati yaqinlashganda, AOMKA tegishli organlarga attestatsiya sanasi va vaqti bilan xabarnoma yuboradi (taxminan belgilangan sanadan 10 kun oldin).
Davlat organi va tashkilot, xabarnoma olgandan so'ng, 10 kun ichida AOMKAga elektron shaklda so'rov yuboradi va o'z xodirining attestatsiya jarayonida ishtirok etishini ta'minlaydi.
AOMKA barcha zaruriy ma'lumotlarni «Elektron hukumat» tizimi platformasi orqali mustaqil ravishda oladi.
Davlat xizmatlari uchun to'lov olinmaydi.
Attestatsiya og'zaki suhbat shaklida o'tkaziladi, bu 5–10 savol va amaliy sinovlardan iborat. Attestatsiya jarayonida videoyozuv olib boriladi.
Eng yuqori ballardan 65% yoki undan yuqori ball to'plagan shaxs attestatsiyadan o'tgan hisoblanadi.
Hujjat Milliy qonunchilik ma'lumotlar bazasida e'lon qilindi va 2024 yil 4 dekabrdan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiev