Bozor bir necha zonalardan iborat bo'ladi, ulardan birinchisi 2025 yil oxiriga kelib ekobozor zonasini ochadi. Qurilish jarayonida faoliyatini to'xtatmaydi va barcha tadbirkorlar ishlarini davom ettiradilar. Yangi bozor metro stansiyalari, yer usti jamoat transporti bilan integratsiya qilinadi va Yunusobod tumani uchun 360 mingdan ortiq aholi uchun muhim savdo va jalb qilish markaziga aylanishi kutilmoqda.
Bozor loyihasi turk-sinagapur dizaynerlar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning hisobida dunyo bo'ylab 125 dan ortiq muvaffaqiyatli TRC va mol loyihalari mavjud.
Yangi bozor uch qavatli ekobozor bo'ladi. Uning yonida zamonaviy megamol, o'yin-kulgi markazi va hunarmandlar hamda zargarlar uchun savdo maydonlari paydo bo'ladi. Umumiy maydon 19 mingdan 94 ming kv.m.ga oshadi. 1,1 ming mashinaga mo'ljallangan xavfsiz parkinq maydoni quriladi (shundan 650 tasi yer ostida). Bugungi kunda bozor faqat 150 ta zamon talablariga javob bermaydigan parkinq joylarini taklif qila oladi.
Loyihada bozorning joriy funksiyasini saqlashga alohida e'tibor qaratilgan. U keng va baland zal ichida, galereyalar va atrium bilan joylashadi. Bozor tomdagi derazalar orqali tabiiy yoritilish oladi. Savdo esa bir necha zonalarga bo'linadi: sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar, go'sht va baliq bo'limlari va boshqalar. Shuningdek, omborlar, muzlatgichlar, go'shtni qayta ishlash sexlari va yuqori sanitariya standartlariga javob beradigan boshqa xonalar ham mavjud. Mehmonlar uchun kafelar va yozgi teraslar ochiladi.
Bundan tashqari, ushbu loyiha mintaqaning iqlim xususiyatlariga moslashtirilgan. Uni ishlab chiqish jarayonida bozor mehmonlari bilan so'rov o‘tkazilgan. Shaharliklar yil davomida qulay muhit yaratishni so'radilar: qish oylarida isitiladigan va yozda sovutiladigan joy.
0
Bozorni rekonstruksiya qilishda 350 dan ortiq mavjud tadbirkorlarning mehnat faoliyatini saqlab qolish ustuvor vazifa hisoblanadi. Barcha savdo stollari qurilish ishlari davomida bozor hududida maxsus belgilangan zona ichiga ko'chiriladi. Qurilish tugagach, savdo joylari umumiy soni 2000 ga yetadi va tadbirkorlar o'zlari uchun bir xil yoki katta maydonlarni o'zaro foydali shartlar asosida ijaraga olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Toshkent shahar hokimiyati yaqin kunlarda tadbirkorlar bilan maxsus uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmoqda, unda ularga yangi shartlar tushuntiriladi va ularning takliflari tinglanadi.
"Yunusobod" bozorini rekonstruksiya qilish 4–5 ming yangi ish o'rinlarini yaratish imkonini beradi. Bu esa bozor faoliyatidan soliq tushumlari va byudjet daromadlarining sezilarli o'sishiga olib keladi.