Kelgusi yilda 4,5 mingdan ortiq ob'ektlarni xususiylashtirish va 6 ming gektar yer sotish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, xususiy sektorni yo'llarni ta'mirlash va ekspluatatsiya qilishga jalb etishni kengaytirish ko'rib chiqilmoqda. Hozirda xususiy kompaniyalar tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan 260 km avtomobil yo'llaridan tashqari, yana taxminan 3 ming km yo'llarni topshirish rejalashtirilmoqda. "Initsiatviy byudjet" loyihasi doirasida ta'mirlash ishlari xususiy pudratchilar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan mahalliy ahamiyatga ega 841 km yo'llarni qurish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, temir yo'l sohasida modernizatsiya davom etishi kutilmoqda. Raqamlashtirish va samaradorlikni oshirish yuklarni yetkazib berish vaqtini 40% ga qisqartirishga imkon beradi. Bundan tashqari, temir yo'l stansiyalarida tovarlarni bepul tushirish muddati ikki soatdan 3 kungacha oshiriladi, bu esa dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra yiliga 57 milliard so'mni tejash imkonini beradi.
Xususiy aviakompaniyalar soni 14 taga yetdi va bu yil ular 22 samolyotni — 6 yuk va 16 yo'lovchi samolyotni olib keldilar. Buxoro va Namangan aeroportlari allaqachon xususiy kompaniyalar boshqaruviga topshirildi, Andijon va Urganch aeroportlarini boshqarish bo'yicha tenderlar davom etmoqda.