Banklar $6 milliard tashqi kredit resurslarini davlat kafolatisiz jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, $6,4 milliardga 4,8 GW umumiy quvvatga ega 25 ta energiya loyihasi ishga tushiriladi. Hozirda mustaqil elektr energiyasi ta'minlovchilarining soni 24 taga yetdi.
Bundan tashqari, yig'ilishda prezident energetika sohasida raqobatbardosh bozor modeliga o'tishning ahamiyatini ta'kidlab, kelasi yilda elektr energiyasi ulgurji onlayn bozorini joriy etishni e'lon qildi.
Yil davomida tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan beshta qonun va 101 farmon qabul qilindi. Bank sektori o'sishni davom ettirdi: korporativ depozitlar hajmi 107 trillion so'mni, aholi omonatlari esa 105 trillion so'mni tashkil etdi. Kreditlash hajmi 275 trillion so'mga yetdi, shundan 28% (77 trillion so'm) kichik biznesga to'g'ri keldi, faktorlashtirish hajmi esa $100 millionni tashkil etdi.